FAXRIYLAR O‘RTASIDA O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI START OLDI

Sportning shaxmat turi miya faoliyatini yaxgilaydigan, xotirani mustahkamlaydigan, o‘ylashga va fikrlashga chorlaydigan, shuning asab tizimiga dam beradigan o‘yin yoki mashg‘ulotdir. Shu bois shaxmatni uch yoshli boladan tortib, to yuz yoshli keksalarimizgacha sevib o‘ynaydilar.
Shaxmatni aholi o‘rtasida yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar esa tahsigna sazovor.
Yoshlapimiz orasidan yetishib chiqayotgan shaxmatchilarimizni bugun dunyo tanimoqda va ularning san’atiga tan bermoqdalar.
Jumladan, 4-12 oktyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida shaxmat bo‘yicha
“Faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati” start oldi.
Ushbu chempionat O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil qilingani e’tiborga molik.
Mazkur chempionat Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida o‘tkaziladi. “Faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati”da respublikamizning barcha hududidan 48 ishtirokchi qatnashmoqda.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, kalendar reja bo‘yicha ushbu musobaqa yoz oyida o‘tkazilishi kerak edi, ammo ko‘pgina faxriy shaxmatchilarning takliflariga binoan turnir salqin mavsum, ya’ni kuz oyiga ko‘chirildi.
Musobaqada albatta, elektron soatlardan foydalanilmoqda.
9 turdan iborat bahs, 12 oktyabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.
Sovrinli 3 ta o‘rindan tashqari, yana 10 ga yaqin shaxmatchilarning mukofotlanishi rejalashtirilgan.
Qani, ko‘raylikchi, nuroynilarimiz orasidan kimlar g‘oliblikni egallar ekan?

Maryam AXMEDOVA

Yana o‘qing:  Yoshlar haftaligi yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: