E’tirof – 2015: ENG MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

“Istiqlol” san’at saroyida madaniyat, san’at, sport, jurnalistika va badiiy ijod sohalaridagi “E’tirof – 2015” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi Yoshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “E’tirof” milliy mukofoti mumtoz qo‘shiq, milliy estrada, raqs san’ati, jahon musiqa merosi, teatr va kino san’ati, adabiyot, musavvirlik, milliy va zamonaviy dizayn, jurnalistika yo‘nalishlarida soha ravnaqiga hissa qo‘shayotgan, izlanish va yutuqlari bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan, milliy madaniyatimiz va san’atimizni dunyo miqyosida keng targ‘ib etayotgan ijodkorlar faoliyatini xalqimizga yaqindan tanishtirish imkonini bermoqda.

Mukofotga yil davomidagi ijodiy izlanishlari, yuksak saviyada yaratilgan, milliy qadriyatlar targ‘iboti orqali ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qiladigan asarlari, ijro etgan rollari, sport musobaqalaridagi yuqori natijalari keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan tegishli soha vakillari ular faoliyat ko‘rsatayotgan tizim tashkilotlari tomonidan tavsiya etiladi.

“E’tirof – 2015” mukofotiga tavsiya etilgan nomzodlar “Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, “Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”, “Tasviriy va amaliy san’at”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye”, “Sport”, “E’tibor, ehtirom, e’zoz” kabi olti yo‘nalish asosida yigirma uch nominatsiya bo‘yicha aniqlandi.

Tantanali kechada turli nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlarga “E’tirof – 2015” mukofotining statuetkasi, diplom va sovg‘alar topshirildi.

San’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokidagi katta konsert dasturi kechaga yanada fayz bag‘ishladi.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Gripp haqida nimalarni bilamiz?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: