Elektron raqamli imzoni “Yagona darcha” orqali olish mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida yangi qaror loyihasini tayyorlamoqda. Uning loyihasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylangan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2412 sonli “Tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” qoidasi orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan faqat “yagona darcha” qoidasi orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan 17-bandga muvofiq, elektron raqamli imzolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini taqdim etish “yagona darcha” faoliyati doirasiga kiritiladi.

Bunda elektron raqamli imzo Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi ro‘yxatga olish Markazida qayd etiladi.

Yana o‘qing:  FUTBOLCHILARIMIZNING YIRIK G‘ALABASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: