Ekologiya – bolalar nigohida

O‘quvchi-yoshlar ongida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish ishlaridagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu bellashuvning hududiy bosqichlarida “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘garaklari va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 4500 nafarga yaqin o‘quvchi qatnashdi. Festivalning yakuniy bosqichida 64 nafar o‘g‘il-qiz to‘rt yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi.

“Yashil sayyoramiz taqdiri o‘z qo‘limizda!” shiori ostidagi dastlabki “Hand-made” yo‘nalishida ishtirokchilar qo‘l mehnati yordamida yaratilgan bejirim ijodiy ishlarini hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etdi.

Tasviriy san’at yo‘nalishida o‘quvchilarning tabiat manzaralari aks etgan suratlari, multimedia yo‘nalishida ekologik muammolar va ularning yechimiga qaratilgan bir-biridan qiziqarli taqdimotlar namoyish etildi. Fotorasmlar yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etilgan ijodiy ishlar mavzuga mosligi, g‘oyaning originalligi, texnik talablarga muvofiqligi kabi mezonlar asosida saralandi.

– Ekofestivalning “Hand-made” yo‘nalishida “Ekologiya: kecha, bugun, ertaga” nomli kompozitsiyam bilan qatnashdim, – dedi Sardoba tumanidagi 15-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, “Mohir qo‘llar” to‘garagi a’zosi Nodira Balqiyeva. – Uning mazmuniga jonli tabiat ozor chekishining oldini olish uchun birlashib, uni bog‘u bo‘stonga aylantirishda shaxsiy namuna ko‘rsatish g‘oyasi singdirilgan. To‘garagimiz rahbari Saodat Qurbonova ko‘magida turli yaroqsiz buyumlar va tabiiy xomashyodan yaratilgan ijodiy ishim tengdoshlarim uchun qiziqarli bo‘ldi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga Xalq ta’limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari berildi.

 

Dildora SUYAROVA

Yana o‘qing:  Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo‘ladigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati tasdiqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: