DIQQAT! E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi “OAVlarning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishining borishini yoritishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga Davlat grantlari ajratish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanganligini E’LON QILADI

Quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

1. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirilishining borishi haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza etish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, ularning sog‘lom farzandni tarbiyalashdagi rolini oshirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini ochib beradigan aniq misollarga asoslangan maxsus teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar, maqolalar, reportajlar tayyorlash.

2. Ijtimoiy ahamiyatga molik davlat dasturlarini, jumladan, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda NNTlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokini yoritish.

3. 2011, 2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan, davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirishga qaratilgan tuzatishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.

4. Davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan, avvalo, fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlardan aholining, fuqarolik jamiyati institutlarining xabardorligini va keng foydalanishini ta’minlash.

5. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi, oila, onalik va bolalik muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

6. Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish, jamoat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakat aholisi turli qatlamlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish borasida joylardagi davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi OAVda keng yoritilishini ta’minlash.

7. Jamiyatda yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo va dinlararo totuvlikni ta’minlashda mahalla institutining roli va ahamiyati haqida aholini keng xabardor qilish, ijtimoiy masalalarni hal etishda namunali mahallalarning ish tajribasini ommalashtirish.

Yana o‘qing:  ANTIQA MANTI

8. Hududiy OAVlarda mamlakatni ijtimoiy-siyosiy hamda sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy masalalari bo‘yicha siyosiy partiyalarning nuqtai nazarini ochib beradigan, parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining faoliyati haqida xabardor etadigan tahliliy materiallar tayyorlash.

9. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati, joylarda ushbu qonunlar normalari amalga oshirilishining borishi, fuqarolarning axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.

Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

1. NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Davlat granti loyihasi uchun www. fundngo. uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan ariza;

3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ustav (Nizom) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa litsenziyaning nusxasi.

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiyanomalari, iltimosnomalari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant summasi miqdori – 25 mln. so‘mgacha.

Hujjatlar 2016 yil 10 fevraldan 10 martgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi”nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda)quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va hujjatlar namunalari bilan Jamoat fondining www. fundngo. uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar:

(0-371) 239-26-76, 239-26-64.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: