Chorrahadagi kameralar qizil chiroqdan o‘tish va tezlikning oshirilishini qayd etadi

Toshkent chorrahalaridagi kameralar birinchi bosqichda svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish va tezlikning oshirilishini qayd etadi.

Toshkentning 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar birinchi bosqichda ikki turdagi: svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketish va ruxsat berilgan tezlikni oshirish qoidabuzarliklarini qayd etadi. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi “Kompyuter markazi” bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Muratov ma’lum qildi. Avvalroq jarimalarni jo‘natish 15 martdan boshlanishi xabar qilingan edi.

“Kvitansiyalar avtomobillar haydovchilariga avtomatlashtirilgan tartibda pochta orqali yuboriladi. Inson omili, ya’ni tuzatishlar, qo‘shimchalar bo‘lmaydi”, — dedi u.

Chorrahalarni kameralar bilan qamrab olish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Loyihaning sinov bosqichi uch-to‘rt oy davom etadi, keyin esa ikkinchi bosqich boshlanib, unda mobil telefonidan foydalanish, xavfsizlik kamarini taqmaslik kabi qoidabuzarliklar ham qayd etiladi. “Biroq bularni xodimlarimiz qayd etishadi”, — dedi Shuhrat Muratov.

Qizil chiroqda chapga qayrilish ruxsat etilgan chorrahalarda kameralar qoidabuzarlik sifatida qayd etmaydi. Bunday chorraha shaharda birgina joyda mavjud. Agarda sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, Yo‘l harakati qoidalariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.

 

N.Norboboyev

Yana o‘qing:  “Biz bilan ozoda kelajak sari” respublika ko‘rik-tanlovi start oldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: