Chempionat qizg‘in davom etmoqda

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 14-18 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida ikki yuzga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan beshta turning birontasida ham mag‘lubiyatga uchramagan toshkentlik Suhrobjon Avalboyev 4,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Qashqadaryolik Umar Isomov va toshkentlik Sardor Boltayev 4 ochko bilan kuchli uchlikda bormoqda. Qizlar o‘rtasida toshkentlik Yuliya Xegay beshta partiyaning barchasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, toshkentlik yana bir shaxmatchi Dilbar Hamroyeva, sirdaryolik Sevinch Abdullayeva va jizzaxlik Mahliyo Amirova hisobida 4 ochkodan bor.

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida xorazmlik Nodirbek Yoqubboyev 5 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Toshkentlik shaxmatchilar Saidakbar Saydaliyev, Shamsiddin Vohidov, qashqadaryolik Abdumalik Abdusalimov va samarqandlik Daler Vohidov 4 ochko bilan sovrinli o‘rinlarni egallashga da’vogarlik qilmoqda. Qizlar musobaqasida qashqadaryolik Xolida Namozova besh imkoniyatdan besh ochko jamg‘argan. Toshkentlik Asal Salimova va sirdaryolik Zebo Abdullayeva 4 ochkodan to‘plagan.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar bahsida FIDE ustasi Ortiq Nig‘matov 4,5 jamg‘arib, yaqin ta’qibchilari toshkentlik Georgiy Shvanov va farg‘onalik Asilbek Sobirovni yarim ochkoga ortda qoldirmoqda. Qizlar o‘rtasida xorazmlik Nilufar Yoqubboyeva beshta turda 4,5 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Toshkentlik Bahora Abdusattorova, Hilola Abdukarimova va jizzaxlik Nafisa Islomova hisobida 4 ochkodan bor.

 

B.Aytmurodov,

O‘zA muxbiri

 

Yana o‘qing:  Xiva shahri dunyoda e’tirof etildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: