Butunjahon olimpiadasi yakuniga yetdi

Hindistonning Ahmadobod shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon Shaxmat olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi.

Olimpiadada ishtirok etgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi so‘nggi to‘qqizinchi turda musobaqaning yettinchi tartib raqamli jamoasi hisoblangan hindistonlik shaxmatchilarga qarshi dona surdi. Beshinchi raqam ostida tasniflangan terma jamoamiz bahsni 2,1: 1,5 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Terma jamoamiz 9 ta uchrashuvdan beshtasida g‘alaba qozondi. Uch bor mag‘lub bo‘lib, yana bir bahsda durangga erishdi. Shaxmatchilarimiz yakunda Turkiya terma jamoasi bilan 6-7 o‘rinlarni bo‘lishib oldi.

Shaxsiy birinchilikda xalqaro master Nodirbek Yoqubboyev hamda Sitora Saparova bronza medalini qo‘lga kiritdi. So‘nggi turda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, Rossiya terma jamoasi 8 ta g‘alaba bilan Olimpiada chempioni bo‘ldi. Kuchli uchlikka Eron va Hindiston terma jamoalari yakun yasadi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Jahongir Londonda peshqadam

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: