Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 1 martdan 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tkaziladi

Bola tarbiyasida oila institutining rolini oshirish, ota-onalarga farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanishlari va muloqot qilishlari uchun keng imkoniyat yaratish, ular o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ulari va oilaviy an’analarni rivojlantirish maqsadida respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimi joriy etiladi.

Bunda o‘quvchilarning ota-onalari bilan o‘tkazadigan vaqtini ko‘paytirish, ularning birga badiiy kitob o‘qishlari, muzey, teatrlarga sayohatga borishlari uchun qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xodimi Shavkat Xo‘jaqulov. – Haftaning shanba kunlari ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning qiziqishlari va ota-onalarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda turli to‘garaklar, sport seksiyalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1 martidan boshlab respublikadagi barcha umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tkaziladi. 2018 yil sentyabrdan esa 2-4-sinflar ham haftasiga 5 kun o‘qishga boradi. Shu munosabat bilan hozirda vazirlik va hamkor tashkilotlar tomonidan joylarda ota-onalar o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  "Kamoliddin Behzod kabi rassom bo‘laman"

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: