Bog‘cha tarbiyachilari va xodimlari qayta tayyorlash kurslariga jalb etiladi

Maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida tegishli salohiyat mavjud oliy ta’lim muassasalarida Defektologiya (logopediya), Amaliy psixologiya va Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi mutaxassisliklari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari faoliyati boshlanadi.

Ma’lum qilinishicha, kurslar joriy yilning 22 fevralidan yo‘lga qo‘yiladi. 2018 yil davomida 16 ming 255 nafar maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga jalb etish rejalashtirilgan. Shundan 2 ming 761 nafari 1 ming 601 nafari psixolog va 11 ming 893 nafari maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi bo‘lishi nazarda tutilgan.

Mazkur kasbiy qayta tayyorlash kurslari ikki bosqichda tashkil etiladi.

Yana o‘qing:  “Mehribonlik” oromgohida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: