BARKAMOL YOSHLAR – ERTAMIZ EGALARI

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yuksak ma’naviyatli avlod” yoshlar festivalining mamlakat bosqichi yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad navqiron avlod o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni zamon ruhiga hamohang tarzda yo‘lga qo‘yish, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdidlarning oldini olish, yoshlarda mustahkam mafkuraviy immunitetni qaror toptirishga ko‘maklashishdan iborat. Shu bilan birga ushbu tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning ijodiy salohiyati, izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur festivalda umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur festivalda 53 mingga yaqin yigit-qiz vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini, yuksak ma’naviy fazilatlarini bilim va salohiyati, yaratgan san’at asarlari, hunarmandlik buyumlari orqali namoyon etdi.

Festivalning tuman, shahar va viloyatlar bosqichlari yuksak saviyada o‘tdi. Ijodiy loyihada o‘quvchi-talabalarning yurtimizdagi ma’naviy-ma’rifiy, madaniyat, san’at, ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatiga oid bilimi, ijtimoiy-siyosiy tafakkuri, faolligiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar Prezidentimiz asarlari, mamlakatimizda kechayotgan islohotlar, milliy qonunchilikning mazmun-mohiyati, badiiy ijod, san’at va madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tadbirda loyihada faol ishtirok etgan yoshlar “Prezident asarlari bilimdoni”, “Mustaqillik tarixi bilimdoni”, “Badiiy ijod”, “Eng iqtidorli hunarmand”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan rassom”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan dizayner”, “Vatan kuychisi” va “Yuksak ma’naviyatli avlod” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.

Festival yakunida taniqli estrada xonandalari ishtirokida konsert namoyish etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova so‘zga chiqdi.

Ch. XUSHVAQTOVA,

Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda ilk bor global tadbirkorlik haftaligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: