Axborot texnologiyalari yanada rivojlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Germaniyaning “SAP” kompaniyasi o‘rtasida iqtisodiyotimizning yuqori texnologiyali tarmoqlarini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Germaniyaning “SAP” kompaniyasi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “Uzinfocom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.Shermatov va boshqalar bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari innovatsion taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiyot samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish, uni diversifikatsiya qilish, ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barcha sohalar, jumladan, davlat boshqaruvi organlariga joriy qilish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirildi. Yurtimizda xalqaro standartlarga muvofiq raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlari eksportini ko‘paytirish maqsadida shu yil 30 iyunda Prezidentimizning “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Memorandumda “SAP” kompaniyasining mamlakatimizdagi hamkorlari va integratorlari ekspertizasi sifatini oshirish, ularning O‘zbekistonda innovatsion texnik ishlanmalar va yechimlarni joriy qilish, qo‘llab-quvvatlash borasidagi loyihalardagi ishtiroki, dasturiy mahsulot va xizmatlarni eksport qilishni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, memorandum doirasida SAP universitet alyansi orqali axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilishga kelishildi. Ushbu global akademik dasturda bugungi kunda dunyoning 100 mamlakatidagi qariyb uch ming o‘quv muassasasi ishtirok etayotir. Dastur oliy ta’lim muassasalari talaba va o‘qituvchilarining texnik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ularni eng yangi dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan tanishtiradi. Bunda innovatsion texnik yechimlar nafaqat o‘zlashtirish predmeti, balki ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanadi.

Mazkur hujjat yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish, axborot texnologiyalar xizmatlari eksporti hajmini yanada oshirish, texnologiyalar transferi, kommunal xizmatlar uchun zamonaviy billing tizimlarini joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini raqamlashtirishda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish imkonini beradi.

Roman Bondarchuk,

O‘zA

Yana o‘qing:  BUNYODKORLIK, OBODLIK VA FAROVONLIK AYYOMI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: