Ajab saodat erur…

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 106-umumta’lim maktabida “Ajab saodat erur…” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda bolalarning sevimli adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Omonulla Ma’dayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shuhrat Rizayev, shoir Abdunabi Boyqo‘ziyev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov ishtirok etdilar.

Kechada o‘qilgan she’rlar bolalar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi. Mehmonlar tomonidan bildirilgan fikrlar kechaga fayz bag‘ishladi. Tadbir o‘quvchilarning sahna ko‘rinishlari hamda g‘azalxonlik chiqishlari bilan yanada qiziqarli o‘tdi.

Ajdodlarimiz yaratgan ulkan ma’naviy meros bugungi kunimizda ham nechog‘li ahamiyat kasb etayotganini o‘quvchilar tadbir davomida chuqur his etishdi.

Bekmurod ABDURAIMOV

Яна ўқинг:  Барча ташкилот раҳбарларининг виртуал қабулхоналари 25 февралга қадар ёпилади

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: