Allergik kasalliklarni davolashning innovatsion usuli – ekologik gulchangi qopqonlari

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Avsriyaning Vena tibbiyot instituti hamkorligida InfoWeek xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida ilk marta Toshkentda ikkita eng so‘nggi avlod VPPS 2010 ekologik gulchangi qopqonlari o‘rnatilgani munosabati bilan taqdimot o‘tkazildi.

Muhimi shuki, endi poytaxtimiz aholisida mavsumiy allergiyalarni nazoratga olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunga hozircha poytaxtimizning ikkita nuqtasida joylashtirilgan guchangi monitoringi stansiyalari yordam beradi.

Ayni damda, M. Ulug‘bek tumanidagi Dokto Maksudova innovatsion klinikasi hamda Olmazor tumanijagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga o‘rnatilgan gulchagi qopqonlari gullagan o‘simliklarning changlariga bo‘lgan allergiyani nazorat qilish imkonini beradi.

Ha, bugungi kunda dunyoning 20 foiz aholisi allegiyadan aziyat chekadi. U turli ko‘rinishlarda, ya’ni, tumov. Aksirish, konyuktivit, teri qichishishi va qizarishi, hatto nafas qisishi kasalligi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

Jarrohlik amaliyotlari, xususan, Doktor Maqsudova innovatsion klinikasi

da o‘tkazilayotgan ko‘z jarrohlik amaliyotlaridan keyin ayrim hollarda paydo bo‘layotgan asoratlarning ildizi ham allergiyaga sabab bo‘layotgani aniqlandi.

Hozirgacha aholi havo changlaridan so‘ng allergiya alomatlarini paydo bo‘lgani ma’lum bo‘lsa, gulchangi monitoringi bu narsani allergiya mavsumining oldidan aytib beradi va o‘z navbatida, kasallikning rivojlanishini alomatlarini keskkinlashishini oldini olish imkonini yaratadi.

Taqdimotdan so‘ng Doktor Maksudova innovatsion klinikasida ilk faoliyatini boshlagan beshta xonadan iborat so‘nnggi texnologiyalar bilan ta’minlangan allergik bo‘limning ochilishi bo‘ldi. Bu Respublikamizda keltirilgan bo‘lib, xorijiy mutaxassis, professor, Uvi Edvin Bergerning fikricha, kasallikni oldindan aniqlash va nazorat qilish, nafaqatt allergik kasalliklarni, ko‘plab boshqa xastaliklarni ham oldini olishda katta ahamiyatga egadir.

Buborada Doktor Maksudova innovatsion klinikaning rahbari, tibbiyot fanlari rahbari, oftolmolog Maqsudova Zulfiya Ruzmetovna bu apparutning keltirilishi inson salomatligini saqlashda, allergik xastaliklarning oldini olish va davolashda sivilizatsiyaning old bosqichlaridan biridir.

 

Maryam AXMEDOVA,

jurnalist

Yana o‘qing:  “Botanika bog‘i”da oilaviy sayr

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: