Kasallangan tishlar saraton rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin

Tishni o‘rab turuvchi yumshoq to‘qimalarning kasallanishi turli ko‘rinishdagi saratonga (masalan, og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach o‘smasi) sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, chekuvchi odamlarda o‘smalarning rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi.

Olimlar 54–86 yoshlar oralig‘idagi 65 ming nafar ayolning milk to‘qimalari holati haqidagi ma’lumotlarini tekshirib chiqdi. Natijada, yetti mingdan ortiq xavfli o‘sma kasalliklari aniqlandi.

Mutaxassislar fikricha, parodontit va parodontoz (tishlarning bo‘shashi va to‘kilishi) har qanday turdagi saratonning yuzaga kelish ehtimolini kamida 14 foizga oshiradi. Qizilo‘ngach o‘smasi paydo bo‘lish xavfi uch barobar ortadi.

Saqich chaynash milk kasalliklaridan saqlaydi degan qarashlar noto‘g‘ri. Parodontit va parodontoz kasalliklari vaqtida tishning aylana paychalari zararlanadi, deb yozadi Dni.Ru sayti. Saqich chaynash paytida tish tomirlari va paychalariga bosim o‘tkaziladi. Buning oqibatida tomirlar qisiladi va milklarga qon hamda oziq moddalari kamroq yetib boradi, suyak qisqaradi, milk tish o‘zaklaridan ajraydi, tishlar zaiflashadi. Bunday holatlarda saqich chaynash mumkin emas.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Qandsiz diabet nima?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: