Me’yoridan ko‘p uxlashning qanday zararlari bor?

Oksford universiteti olimlari haddan ziyod ko‘p uxlash xuddi to‘yib uxlamaslik kabi zararli ekanini ta’kidlaydi. Masalan, to‘qqiz soatdan ortiq uyqu bosinqirashga sabab bo‘ladi. Bunday paytda odam ko‘p vaqtini tezkor uyqu bosqichida o‘tkazadi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri.

Aynan shu bosqichda inson yomon tushlar ko‘radi. Lekin bu uyqu qancha uzoq davom etsa, tush shunchalik dahshatli bo‘ladi degani emas. Mutaxassislar 846 nafar ishtirokchining uyqu davomiyligi va tush ko‘rish jarayonini kuzatuvdan o‘tkazdi. Oxirgi ikki hafta ichidagi bosinqirash darajasi, stress, bezovtalik, paranoyya (ruhiy kasallik), gallyusinatsiya (yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi), alkogol ichish holatlari ham hisobga olindi.

Tekshiruvlar bezovtalik, gallyusinatsiya hamda paranoyya tushning qo‘rqinchlilik darajasi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. O‘z-o‘zidan yomon tushlar uyquni buzadi va mavjud ruhiy muammolarni yanada kuchaytiradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Gelli sun’iy tirnoqlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: