G‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon

O‘zbek bokschilaridan tashkil topgan «Uzbek tigers» jamoasi Jahon Boks Seriyalaridagi (World Series of Boxing) o‘z yurishlarini chorak finaldayoq yakunladi.

Biroz avval Kuba poytaxti Gavana shahrida yakuniga ketgan beshta jangdan iborat chorak final javob uchrashuvida ringga ko‘tarilgan Osiyo chempionlari «Cuba Domadores» vakillariga mag‘lub bo‘lishdi.

«Cuba Domadores» — «Uzbek Tigers» to‘qnashuvi doirasida uchinchi jangni Shahram G‘iyosov o‘tkazdi. Olimpiada chempioni Roniel Iglesiasga qarshi bo‘lib o‘tgan jangda vakilimiz mag‘lubiyatga uchradi. Janglarning to‘rtinchisida ishongan bokschilarimizdan biri Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirok etdi. Rio Olimpiadasi oltin medali sohibiga qarshi bo‘lib o‘tgan jangda Bektemir Meliqo‘ziyev ham yutqazib qo‘ydi.

To‘rt nafar hamyurtalarimizning ketma-ket mag‘lubiyatlaridan so‘ng, super og‘ir vaznda yana bir bokschimiz Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi. Kubalik Hose Larduetga qarshi jang olib borgan «Uzbek Tigers” vakili jamoadoshlari singari mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishga majbur bo‘ldi.

Umumiy hisob: «Cuba Domadores» 7:3 «Uzbek Tigers».

 

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  HAR BIR INSONGA MEHR VA E’TIBOR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: