“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2014”

Ozbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” Respublika ko‘rik-tanlovi nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki ilg‘or fan tajribalarini ta’lim tizimiga joriy etishda ham qo‘l kelmoqda. Mazkur tanlovning bu yilgi respublika bosqichida 196 nafar pedagoglar 14 ta fan bo‘yicha 4 ta turga o‘zaro bellashdilar.

Ishtirokchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan xabardorligi va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonlarida samarali foydalanish malakasiga e’tibor qaratildi. Yana bir muhim jihati, tanlov qatnashchilari ta’lim sifatini oshirishga oid muammolar va ularning yechimi bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini taqdimot shaklida namoyish etishdi.

– Til bilgan el biladi, – deydi dono xalqimiz. Hozirgi kunda bolalarning chet tillarini o‘rganishlariga yaratilayotgan imkoniyalarni ko‘rib xavasim keladi, – deydi biz bilan suhbatda Namangan shahar 6-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulshan Maxmudova. – Bugunning bolasi talabchan, ziyrak va bilimli. Ularga bilim berish biz o‘qituvchilardan o‘z ustimizda tinimsiz ishlashni talab qiladi. Mana shunday ko‘rik-tanlovlar esa doimiy izlanishda bo‘lishimizga yordam beradi.

Har bir fandan birinchi o‘rinni egallagan o‘qituvchilarga Xalq ta’limi vazirligining “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” I darajali diplomi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Яна ўқинг:  Остеомиелит қандай касаллик?

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: