Tustovuq makkajo‘xorini hasharotlardan himoyalaydi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi To‘rayev Tolib To‘rayevich nomli fermer xo‘jaligida 2016-yili o‘tkazilgan “Yosh olimlar akademik harakatchanligi” tanlovida birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan “Paxta kompleksida begona o‘tlarga yalpi ta’sir etuvchi gerbitsid qo‘llash agrotexnologiyasini takomillashtirish” mavzudagi loyiha doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot dasturiga asosan kuzgi bug‘doy hosili yig‘ishtirib olingandan so‘ng ang‘iziga begona o‘tlarga yalpi ta’sir etuvchi “Sprut” ekstra gerbitsidining turli me’yorlari qo‘llanib, takroriy ekinlar sifatida makkajo‘xorining “Qorasuv-350” duragayi ekildi.

Yozning birinchi yarmida tajriba maydoniga qo‘shni dalada asosiy ekin sifatida makkajo‘xorining “Qorasuv-350” duragayi etishtirilgan edi.

Ushbu dalalarda avval uchramagan tustovuq (qirg‘ovul) bahor kezlaridayoq makkajo‘xori dalasida paydo bo‘ldi va kechalari baland ovozda sayray boshladi. Tustovuqning jarangdor va yoqimli ovoziga mahliyo bo‘lgan fermer va uning a’zolari noyob qushni e’zozlab qo‘riqlay boshlashdi.

Natijada, tustovuqlar bu yerda hatto tuxum qo‘yib, jo‘jalari ko‘paya boshladi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, kuzgi bug‘doy ang‘iziga takroriy ekin sifatida ekilgan makkajo‘xori dalasida tustovuqlar ancha ko‘payib qoldi.

Bahorda makkajo‘xori asosiy ekin sifatida ekilgan payt Blyuger deb ataluvchi hasharot ko‘payib, fermerni juda tashvishga solib qo‘ygan edi. Ushbu hasharotga qarshi kimyoviy vosita qo‘llanishiga ham qaramay, uni bartaraf etishning imkoni bo‘lmadi.

Makkajo‘xorida so‘ta shakllanishi davrida dalada tustovuq paydo bo‘lgandan keyin Blyuger qurtining keskin kamayib ketishi kuzatildi va 60 s/ga don hosili va 450 s/ga ko‘kat massa olishga erishildi.

Biz Blyuger hasharoti makkajo‘xori uchun juda xavfli ekanini oldindan bilar edik. Ushbu hasharot kunduz kunlari makkajo‘xori tanasidan yerga tushib, tuproqqa ko‘milib oladi va kechalari makkajo‘xorining yerdan ustki qismiga zarar yetkazadi. Shu sababli ham bunday sharoitda tovuq va boshqa parrandalar kunduz kunlari makkajo‘xori o‘sayotgan dala tuproqlarini titkilab, Blyuger hasharoti qurti bilan oziqlanadi. Blyuger qurti parrandalar uchun xushxo‘r oziq ekanligi uchun ham makkajo‘xori bilan tajriba o‘tkazilayotgan dalada tovuq boqishni rejalashtirgan edik. Biroq dala atrofida shoqol ko‘pligi sababli bu imkoniyat ham chegaralanganligi ma’lum bo‘lib, dala tajribalarimiz sifatli bajarilishida muammo yuzaga kelgan edi. Biroq tustovuqlar tufayli dala tajribalarimiz ko‘ngildagidek o‘tdi.

Fermer xo‘jaligi dalasidagi tustovuqlar nafaqat makkajo‘xorining Blyuger hasharotiga, balki boshqa hasharotlarga ham qiron keltirgani bois, fermer xo‘jaligida o‘ziga xos tabiiy qo‘riqxona yuzaga kelmoqda. Endi fermer xo‘jaligiga kimyoviy vositalar uncha kerak bo‘lmaydi.

Yana o‘qing:  Rahmat bulog‘i

Fermer xo‘jaligi dalasida tustovuqlardan tashqari bedana va boshqa sayroqi qushlar bilan birga boshqa jonzotlar ham tobora ko‘payib borayotganligining guvohi bo‘lasiz. Chunki o‘simlikshunoslik va chorvachilik mahsulotlari etishtirish bilan bog‘liq ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish fermerning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan.

 

D. BOTIROVA

uznature.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: