Navoiyda 395 nafar qariya bepul dori-darmon bilan ta’minlandi
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan 2016 yil davomida Navoiy viloyatidagi “Toshrabot”, “Arabxona”, “Azizobod”, “Husbuddin” qishloq vrachlik punktlarida 3 ming nafarga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida viloyatda amalga oshirilgan bu kabi chora-tadbirlar natijasida 395 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj qariyaga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Ko‘rish qobiliyati susaygan 20 nafar fuqaro fond tomonidan ko‘zoynaklar bilan ta’minlandi.