42 oilaga yangilangan namunaviy loyihadagi uylar topshirildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida 32 oilaga mo‘ljallangan ikki qavatli va maydoni ikki sotix bo‘lgan 10 ta bir qavatli alohida uy-joy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda qishloq joylarda qurilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy massivlar yurtimiz kiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yil 3 avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 2009–2016 yillarda Surxondaryo viloyatida 5 ming 795 uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Zamonaviy massivlarda ijtimoiy bozor infratuzilmasi ob’yektlari, servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, keng va ravon yo‘llar bunyod etildi. Tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Olis qishloqlarda ham amalga oshirilayotgan bunday ulkan bunyodkorlik ishlari joylarda qurilish industriyasini rivojlantirib, aholini ish bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etayotir.

Yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha “Qishloq qurilish bank”ning Surxondaryo viloyati filiali kredit mablag‘i evaziga barpo etilgan 42 ta uyning kaliti xonadon egalariga topshirildi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxondaryo viloyatida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 608 ikki va uch qavatli uylar, ikki, to‘rt va olti sotixli 3-4 xonali 401 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.

 

S. NORMAMATOV, Surxondaryo viloyati

Yana o‘qing:  Yoshlar manfaati qonun bilan himoyalangan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: