Tarbiya hamjihatlik talab etadi

Tarbiya – eng murakkab va mas’uliyatli masalalardan biri bo‘lib, bunda oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi muhim sanaladi.

Tarbiya jarayonida oilaning vazifasi sog‘lom muhitni yaratish, farzandlarning ma’rifatli, ma’naviyatli bo‘lib yetishishlarini ta’minlash, ularga to‘g‘ri kasb-hunar tanlashni o‘rgatishdan iboratdir. Ayniqsa, bugungi shiddatkor zamonda yosh avlod kamolotida oilaning tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda. Shunday ekan ota-onalar o‘g‘il-qizlariga ta’lim-tarbiya berishlaridan avval, ularning o‘zlari keng dunyoqarashli, mulohazali, bilimli, savodxonlik darajasi yuqori bo‘lishi lozim.

Mustaqillik yillarida yurtimiz ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, hayotga keng tatbiq etildi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Kadplap tayyoplash milliy dastupi”ning qabul qilinishi, sohadagi ulkan o‘zgarishlarga poydevor bo‘ldi.

Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida jahon talablariga javob beradigan, xalqaro standartlarga mos tizimning joriy etilgani, erishgan eng katta yutuqlarimizdan biri bo‘ldi. Ayniqsa, 12 yillik bepul majburiy ta’lim yoshlarimizning barkamol, keng dunyoqarashli shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Har qaysi davlat nafaqat yer osti, ustki boyliklari bilan, balki yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir”. Bu yo‘lda esa oila, ta’lim muassasasi, mahalla hamjihatlikda ish olib borishni talab etadi. Ushbu maqsadga yetishda o‘qituvchilarning, ota-onalarning va mahalla faollarining vazifa va mas’uliyatlarini bir-biridan aslo kam deb bo‘lmaydi.

 

Tojixon SAIDALIYEVA,

o‘qituvchi

Yana o‘qing:  Kimlar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: