OLIMPIADA MALIKALARI

Londonda bo‘lib o‘tgan olimpiya o‘yinlari yakunlari bo‘yicha “INtegratsiya” fondi NewsEffector monitoring agentligi bilan birgalikda so‘rovnoma o‘tkazib, MDHning eng chiroyli sportchi qizlari reytingini tuzib chiqildi.

So‘rovnomada Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Armaniston, Ozarboyjon, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan 17200 nafar kishi qatnashdi.

Birinchi o‘rinni badiiy gimnastika bo‘yicha jamoaviy ko‘pkurash musobaqasida qatnashgan rossiyalik Karolina Sevatyanova egalladi.

Ikkinchi o‘rinni ham Rossiya vakilasi Kseniya Vdovina qo‘lga kiritdi. U avvaliga 4x400 m. estafeta musobaqasiga «zayavka» qilingandi, keyinchalik esa murabbiylar uni almashtirishga qaror qilishdi. Shunga qaramay, u “London-2012” mash’alasi estafetasida ishtirok etdi.

Uchinchi o‘rinni esa olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan tennischi-ayol Mariya Sharapova egalladi.

O‘zbekistonlik Ulyana Trofimova so‘rovnomada oltinchi bo‘ldi. Musobaqa oldidan hamyurtimiz medallarga da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan edi. Ammo bahslar boshlanishidan 5 kun oldin mashg‘ulot jarayonida u oyog‘idan jiddiy jarohat oldi. Shunga qaramay, u o‘z dasturini o‘zgartirgan holda badiiy gimnastika musobaqasida qatnashdi va 20-o‘rinni egalladi.

Yana o‘qing:  AJIB ANJUMAN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: