RAHBAR KADRLAR TAYYORLASH TIZIMI TAKOMILLASHMOQDA
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Mamlakatimizda rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi islohotlar va ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 avgustdagi farmoniga asosan mamlakatimizga sodiq, rahbarlik salohiyatiga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli kadrlarni shakllantirish maqsadida akademiya faoliyati tubdan tanqidiy ko‘rib chiqilganligi va ushbu nufuzli muassasani takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar belgilanganligi haqida so‘z bordi. Bundan maqsad shuki, xalqimiz talabidan kelib chiqqan holda boshqaruvni takomillashtirish hisobiga mamlakatni rivojlantirishdan iborat. Buning uchun esa ma’nan va jismonan barkamol rahbar kadrlarni tarbiyalash zarurligi qayd etildi.
Oliy o‘quv muassasasidagi mavjud 16 ta kafedra 8 taga qisqartirildi hamda bu muassasadagi barcha jihozlar yangilanib, jahon standartlariga to‘la mos keltirildi.
M. XO‘JAMURODOVA