“BOTANIKA BOG‘I”GA SAYOHAT

Yaqinda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 221-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari poytaxtimizdagi “Botanika bog‘i”da ekskursiyada bo‘lishdi. Bog‘ xodimi ularga mazkur bog‘ning bir nechta geografik mintaqaga bo‘lingani hamda har bir mintaqaning o‘ziga xos mikroiqlimini yaratish uchun sun’iy ko‘llar barpo etilgani haqida ma’lumot berdi.

Mutaxassis, ayniqsa, bugungi kundagi global iqlim o‘zgarishlari, atrofdagi o‘simlik va daraxtlarning, umuman tabiatning inson hayotida tutgan o‘rni haqida bolajonlarga so‘zlab berdi. Bolalarga tushunarli tilda o‘tkazilgan bu ekomuloqot ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Kishkintoylar ushbu maskanda inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan kislorodni tozalab beradigan ekzotik, dorivor, dekorativ noyob o‘simliklar kolleksiyasi to‘planganligi haqida bilib oldilar. Ular ongida tabiatga va atrof-muhitga bo‘lgan hurmat va e’tibor ortdi.

O‘quvchilar yo‘lak yoqalab borishar ekan, tevarak-atrofda biri biridan ko‘rkam kichik butalar, ulardan keyin baland daraxtlar o‘sayotganiga guvoh bo‘lishdi. Kichik sayyohlar go‘yo o‘zlarini kurrai zaminning turli go‘shalarida sayr qilgandek olam-olam taasurotlar bilan uylariga qaytishdi. Ayniqsa, butazorlar orasidan chiqqan ertak qahramonlari bilan bo‘lgan “tasodifiy” uchrashuv ularning yodida uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo‘ldi.

M.XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  Kasb-hunar ta’limi: bugungi bilim ertangi kun tamal toshi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: