HUQUQ BILIMDONLARI BELLASHDI

Poytaxtimizda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdonlari” tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Adliya, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini chuqur o‘rganishni tashkil etishga oid ko‘plab tadbir va tanlovlar yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini yanada yuksaltirishga imkon yaratayotganini ta’kidladi. Tashkil etilgan mazkur tanlovning barcha bosqichida qariyb 50 ming o‘quvchi ishtirok etdi.

Tanlov jarayonida ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy islohotlarning ahamiyati, huquqshunoslikka doir test sinovlaridan o‘tdi. Jamoalar tamonidan huquqiy madaniyat va savodxonlikning hayotiy ahamiyati, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi. Bunda o‘quvchilarning mavzuga ijodiy yondashishi, ijro mahorati hamda huquqiy bilimlarni qay darajada aks ettirishiga baho berildi.

Tanlovda Navoiy viloyatining “Yuksak ma’naviyatli avlod” guruhi birinchi, Buxoro viloyati yoshlarining “Adolat” guruhi ikkinchi, namanganlik “Yosh advokatlar” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ijodiy bellashuv doirasida o‘quvchilar uchun poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlari, muzey va teatrlarga sayohat tashkil etildi. Musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ishtirokida konsertlar namoyish etildi.

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-46)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: