250 NAFAR TALABA

Yangi o‘quv yilida Inxa universitetiga 250 NAFAR TALABA qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Toshkent shahridagi Inxa universitetida mamlakatimizning barcha hududlaridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi.

Videokonferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad abituriyentlar va ularning ota-onalarini mazkur oliy o‘quv yurtiga hujjat qabul qilish shartlari va imtihon tartibi haqida xabardor qilish, shuningdek, universitetda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan tanishtirishdir.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti vakillari 2015-2016 o‘quv yilida kompyuter injiniringi yo‘nalishiga 120 nafar, dasturiy injiniring yo‘nalishiga 130 nafar umumiy 250 nafar talaba qabul qilinishini ma’lum qildi.

Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydi. Eng yuqori ball to‘plagan o‘n nafar abituriyent universitetga grant asosida qabul qilinadi. Ularning o‘qishi uchun mablag‘ni mamlakatimizning yetakchi kompaniyalari to‘laydi va keyinchalik ularni ish bilan ta’minlaydi.

M.TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-18)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: