Savol bering, javob beramiz (2013-31)

Hozirda bolalar taglik (pampers)lari go‘daklar uchun keng qo‘llanilmoqda.

Bu tagliklarni o‘g‘il bolalarda ko‘p qo‘llash ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, de­yishadi. Shu to‘g‘rimi?

Shahnoza QUDRATOVA,

Olmaliq shahri

Darhaqiqat, bu tagliklar gigiyenik tozaligi, issiqni muqobil ushlashi bilan, ayniqsa, qiz bolalar uchun juda qulay. Ammo o‘g‘il bola va qizaloqlar jinsiy tarbiyasida bir-biridan farqlanuvchi o‘ziga xos jihatlar mavjud. Masalan, rivojlanish jarayonida o‘g‘il bolalarning jinsiy a’zolarini o‘ta issiq tutish zararlidir. O‘g‘il bolada yorg‘oq ichidagi harorat tana harorati 360S-36,50S dan 1-1,50S gacha past, ya’ni 350S-35,50S bo‘ladi. Aynan shu past harorat moyaklarning yaxshi rivojlanishiga yetarlicha imkon beradi. Havo o‘tkazmaydigan har qanday tagliklar esa yorg‘oqning qizib ketishiga olib kelib, o‘g‘il bolalar jinsiy rivojiga salbiy ta’sir etishi bois xatarli hisoblanadi. Shu bois tagliklarni issiq kunlarda o‘g‘il bolalarda qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Umuman bolaga qo‘yilgan tagliklarni tez-tez almashtirib turish lozim.

Shoira QOSIMOVA,

Pediatr

Yana o‘qing:  D darmondorisining ahamiyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: