Eng yaxshi veb-saytlar

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi multimedia-umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida Xalq ta’limi vazirligi tizimida an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan «Eng yaxshi veb-sayt» ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish joizki, joriy yilgi ko‘rik-tanlov ham yuqori darajada tashkil etildi. moodle uzedu.uz masofaviy ta’lim portali orqali tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanloviga yurtimizdagi umumta’lim maktablaridan 200 ga yaqin arizalar kelib tushgan edi.

Tanlov hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, «Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa Toshkent shahar Hamza tumanidagi 166-maktabning www.school166.uz, ikkinchi o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi 22-maktabning www.22-school.uz, uchinchi o‘ringa esa Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-maktabning www.maktab142.zn.uz xodimlari veb-sayti ijodkorlari munosib deb topildi. Shuningdek, «Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti» nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa poytaxtimizdagi 50-maktab o‘qituvchisi Olga Myachinaning www.olgam.zn.uz sayti sazavor bo‘lgan bo‘lsa, Navoiy viloyatidagi 7-maktab o‘qituvchisi Zumrad Nurullayevaning www.axborot.zn.uz sayti ikkinchi hamda Buxoro viloyati 1-maktab o‘qituvchisi Axtam Boltayevning www.axtam-boltayev.orca.uz sayti uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

«Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti» nominatsiyasida birinchi o‘rinni Navoiy viloyati Uchquduq shahridagi 7-maktab o‘quvchisi Shohjahon Ikromov www.3quduq7.zn.uz, ikkinchi o‘rinni Farg‘ona shahar 40-ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Rus­tem Kattaxonov www.student-school40.uz va uchinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi «Progress» maktabining 5-sinf o‘quvchisi Pavel Sarminlar www.­more­qa­mes.­orca.uz saytlari uchun oldilar.

Bundan tashqari, ko‘rik-tanlovda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi 10-sonli maktabning www.dtm10maktab.zn.uz sayti, Samarqand viloyati Samarqand shaxridagi 34-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Azamat Toshev www.azamat.mtt.uz sayti, — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 5-sonli maktab o‘quvchisi Abdulaziz Sultonov www.doda80.zn.uz sayti uchun diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Yana o‘qing:  Bilim – maktab ko‘rki, obodligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: