Saraton kasalligi iqlimga bog‘liqmi?

Kipr universiteti tadqiqotchilari saraton kasalligining rivojlanish xavfi iqlimga bog‘liqligi haqida g‘aroyib xulosani e’lon qildilar.

Ularning fikricha, sovuq iqlim sharoitida yashovchi xalqlarda saraton kasalligiga uchrash xavfi yuqori ekan.

Olimlar misol tariqasida Skandinaviya mamlakatlari statistikasini keltirmoqda. Ekspertlar ushbu mamlakatlarni Hindiston va Tailand bilan qiyoslaganda saratonga chalinish xavfi 2-3 marta yuqoriligini aniqladilar. Buni mutaxassislar genetik o‘zgarishlar bilan izohlamoqda. Sovuq havoda tana hujayrasini nobud bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydigan yoki uni qayta tiklash bilan bog‘liq genetik mutatsiya ko‘krak va ichak o‘smasi, leykoz (oqqon)ning kelib chiqish xavfini kuchaytiradi. Ya’ni, organizmni sovuq iqlimga moslashishiga javobgar genlar xavfli o‘smalarni paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, ayni kungacha olimlar shimoliy o‘lkalarda saraton kasalligini ko‘p uchrashini D vitaminining yetishmasigi bilan bog‘lar edi.

Yana o‘qing:  “Alpomish” kompyuter o‘yini yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: