Temurdan olamshumul natijalar

O‘zbekistonlik o‘smir, FIDE ustasi Temur Igonin Belorus poytaxtining Minsk shahrida o‘tkazilayotgan “David Bronstein Memorial 2014 tournament A” xalqaro turnirida olamshumul natijalarga erishmoqda.

Musobaqalarning dastlabki uch uchrashuvida u bironta mag‘lubiyatga uchramadi: ozarbayjonlik xalqaro sport ustasi Bahruz Rzayev (reytingi 2459) va qozog‘istonlik grossmeyster Rinat Jumaboyev (2564) larni yenggan bo‘lsa, beloruslik grossmeyster Vladislav Kovalev (2557) bilan durrang o‘ynadi.

Igonin 2118 reyting hisobi va musobaqalarda 133-raqamiga ega bo‘lib turgan holda 3-tur yakunlariga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, kuchli shaxmatchilar bilan o‘yinda ijobiy natijalarga erishgani uchun 2800 punktdan iborat pervofomans reytingini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumki, Igonin o‘tgan yili 13 yoshli maktab o‘quvchilari o‘rtasida Gretsiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 2010 yilda 10 yoshli shaxmatchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida u bronza medaliga sazovor bo‘lgan, 2012 yilda Shri-Lankadagi Osiyo chempionatida klassik shaxmat bo‘yicha musobaqalarda uchinchi o‘rin va tezkor shaxmat bo‘yicha musobaqalarda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2011 yilda esa Toshkentda o‘sha paytdagi amaldagi jahon chempioni Vishvanatan Anand ustidan g‘alaba qozongan edi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Hamyurtimiz – jahon chempioni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: