Qog‘oz o‘rnini bosuvchi planshet

Qog‘oz va ruchka bilan ishlashga odatlangan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan antiqa “reMarkable” nomli planshet ishlab chiqildi.

Modelning og‘irligi 350 gramm, unga CANVAS nomli E-Ink Carta texnologiyasida tayyorlangan 10,3 dyumli displey o‘rnatilgan. Aniqlik formati 1872 x 1404 piksel. Qizig‘i shundaki, ekran tarkibida shisha mavjud emas.

Yozuvni ekranga kiritish uchun zaryadlanishni talab qilmaydigan Marker nomli stilus xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, planshet qog‘oz va ruchka bilan ishlashga odatlangan konservativ odamlarga yaxshi yechim bo‘lishi mumkin.

Planshet 1 GGs chastotali protsessorda ishlaydi, 512 GB operativ va 8 GB doimiy xotira (100 000 ta sahifani saqlashi mumkin) bilan jihozlangan. Wi-Fi va sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lgan batareya ko‘zda tutilgan.

Hozircha “reMarkable” faqat PDF va EPUB formatlarini va ingliz tilini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Stomatolog robot shifokor ishtirokisiz operatsiya o‘tkazdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: