Odamning ichki a’zolarida ishlovchi robot yaratildi

AQSHning Massachusets texnologik instituti olimlari Sheffild universiteti va Tokio texnologik instituti olimlari bilan birgalikda odamning ichki a’zolarida ishlovchi robot yaratishdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, qurilma odamning ichiga yutib yuborilgan turli yot jismlarni chiqarishda yordam beradi. So‘nggi yilda amerikaliklar orasida kichkina batareyka yutib yuborilgan 3, 5 mingdan ko‘proq holat qayd etilgan. Bir bola kichkina batareykani ko‘p marta yutib yuborgani sababli 65 marta operatsiya qilingan. Robot yutish uchun oson bo‘lib, u kapsulaga joylashtiriladi. U esa oddiy dori kabi yutiladi. Odamning ichida kapsula eriydi va undan chiqqan robot esa o‘z ishini boshlaydi. Robot harakatlanishi uchun kichkina suzgichlar bilan jihozlangan. Qurilmaga maxsus magnit o‘rnatilgan bo‘lib, shifokorlar uning yordamida robotni boshqara oladilar. Hozircha robot yutib yuborilgan hamda oshqozonning shiliq qavatida yoki ichakda tiqilib qolgan yot jismlarni olib chiqa oladi. Biroq vaqti kelib uning imkoniyatlari shunchalik darajagacha oshiriladiki, u odam ichida jarrohlik operatsiyalari o‘tkaza oladi. Misol uchun, ichakdagi shikastlanishlarni tika olishi mumkin. Robot odam organizmidan tabiiy yo‘l bilan chiqib ketadi.

Gulnoza EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Tvorog qachon paydo bo‘lgan?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: