Laganda-ya?

Uyimiz yaqiniga xorazmlik bir oila ko‘chib keldi. Oilaning bekasi juda xushmuomala, dilkash ayolligi bois tezda tanishib, do‘stlashib oldik. Bir kuni dugonamning kichik o‘g‘li eshigimizni taqillatib kelib qoldi.

– Oyim yubordilar? Lagan berib turarkansiz. Bizlarni cho‘miltirmoqchiydilar…

– Laganda-ya? Balki tog‘ora so‘ragandir, – hayratlanib so‘radim bolakaydan.

– Yo‘q, lagan bering, – dedi bola qoshlarini chimirib.

Mayli, dedim-u, oshxonadan ikkita lagan olib chiqdim.

Bolakayning hayrati yanada oshib, “Bunda ovqat yeydi-ku, bizga cho‘miladigan lagan kerak”, – dedi.

Keyin bilsam, Xorazmda tog‘orani “lagan” deyisharkan.

N.SAPAYeVA

Yana o‘qing:  Tabiat bolalar nigohida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: