“KYURIOSITI” MARS SATHINI O‘RGANMOQDA

Tarixda ilk bor Mars sathini kavlashga kirishgan “Kyuriositi” tadqiqot qurilmasi ushbu sayyora grunti qattiq qatlamining ilk namunasini qazib oldi. Bu haqda NASA xabar tarqatdi.

Marsoxod manipulyator-qo‘liga o‘rnatilgan burg‘isi yordamida Geyl krateridagi mayda donali cho‘kindi jins sathida kengligi 0,63 dyuym (1,6 santimetr) va chuqurligi 2,5 dyuym (6,4 santimetr)ga teng bo‘lgan tirqishni hosil qildi.

Qo‘lga kiritilgan namunalar yordamida olimlar suyuqlik izlarini topishga, shuningdek, “Marsda bakteriyalar yashay oladimi?”, degan savolga javob topishga harakat qilib ko‘rishadi. Gruntga ishlov berish ishlari yaqin bir necha kun davomida yerdagi dispetcherlar yordamida amalga oshiriladi.

Olimlarning qayd etishlaricha, olingan namunalarni Yerdan borgan zarralardan tozalash ishlari ayniqsa, muhim – “Kyuriositi” parvoz oldidan yaxshilab tozalanganiga qaramay, unda baribir Yer zarralari qolgan bo‘lishi mumkin.

“Kyuriositi” Mars sathida 2012 yil avgustidan beri ish olib boryapti. O‘tgan davr ichida u o‘zani qurib qolgan daryo­ni topishga, shuningdek, tarkibida kislorod va xlor izlari bo‘lgan Mars tuprog‘ini tadqiq etishga muvaffaq bo‘ldi.

Yana o‘qing:  Olimlar bir nechta afsonaviy maxluqlarning haqiqatda bo‘lganini isbotladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: