“Jonli bint” yaratildi

Olimlar odam qoni oqsillariga biologik mos keladigan nanotoladan “jonli bint” yaratdilar. Olimlarning sa’y-harakatlari bilan shikastlangan hujayraning o‘rnida yangisi rivojlanishi ikki martaga tezlashadi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha yupqa antibakterial xossaga ega yangi terapevtik material polikaprolakton asosidagi nanotoladan tayyorlangan. Olimlar ushbu qoplama tarkibiga kumush nanobo‘lakchalarini kiritish hisobiga bintning antibakterial xususiyatga ega bo‘lishiga erishdilar. Yarani bitishi esa oqsillar yuzasiga qon plazmasini tortilishi hisobidan amalga oshiriladi. “Jonli bint”da foydalaniladigan plazmada trombotsitlar miqdori yuqori bo‘lishi talab etiladi. Aynan ular to‘qimalarning regeneratsiya (bitish) jarayonlarini tezlashtiradi. Natijada yarani bog‘lash uchun yupqa qoplama paydo bo‘lib, innovatsion bog‘lamaning qo‘llanilishi bilan hujayralarning qayta tiklanish jarayoni ikki martaga tezlashadi. Bundan tashqari u chandiqlar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bemorni davolash davrida bog‘lamani yechish yoki almashtirish shart emas. Bu bilan kasal odam ortiqcha og‘riqdan xalos bo‘ladi. Ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng tola beziyon erib ketadi.

Yana o‘qing:  ONALARGA YAQIN KO‘MAKCHI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: