Inson xohishlarini boshqaruvchi uskuna yaratildi

Ushbu innavatsion qurilma miyaning o‘ta zaif biomagnit maydonini tutib, unga ishlov berish bilan shug‘ullanadi.

Loyiha ishtirokchilarining fikricha, bu ishlanma “xohishlar markazi”ni aniqlash, hattoki, uni boshqarish imkonini berishi mumkin. Tadqiqotchilar fikricha, majmua o‘ta o‘tkazuvchan magnitometriya uslubi asosida ishlaydi. U odam organizmiga kiritilmasdan magnitoensefalograf maxsus qurilmasi yordamida o‘ta zaif biomagnit maydonini qayd etadi. Ya’ni, magnitoensefalografiya o‘tkazish orqali inson bosh miyasida kechayotgan jarayonlar haqida ma’lumot olish mumkin. Axborotlar bilan ishlash vaqtida tadqiqotchilar bosh miya qobig‘idagi turli magnitoensefalografik signal manbalari konstruksiyasini o‘zgartirish bilan shug‘ullanadi. Mutaxassislarining fikricha, bu tarzda “xohishlar markazi” ishini ham nazorat qilish mumkin.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  KITOB O‘QISHDA KO‘MAKLASHUVCHI QURILMA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: