Eng katta yorug‘lik diodli issiqxona

Yaponiyalik tadqiqotchi Shigexaru Shimamura dunyodagi eng katta yorug‘lik diodli issiqxona yaratdi.

Olim Yaponiyaning Miyagi prefekturasida joylashgan “Sony” kompaniyasining avval yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqargan zavod binosini sotib oladi va uni ulkan issiqxonaga aylantiradi. Bu issiqxonadagi o‘simliklar 18 qavatli konstruksiyada joylashtirilgan va diodli yoritgichlar yordamida yoritiladi. Issiqxonaning umumiy maydoni futbol maydonining salkam yarmiga teng bo‘lib, 2300 metr kvadratni egallaydi. Uning ishlab chiqarish quvvati bir kunda 10000 latuk salatiga teng.

Shimamura issiqxonada umumiy hisobda 17500 ta diodli yoritkichlardan foydalanadi. Uning aytishicha, salat ushbu issiqxonada daladagidan ko‘ra 2,5 marta tez o‘sadi. Olinadigan biomassadan atigi 2-3 foizi chiqindiga chiqariladi. Dala sharoitida esa ushbu ko‘rsatkich 40 foizgacha yetishi mumkin. Umumiy hosildorligini qiyoslaydigan bo‘lsak, 1 metr kvadratdan olinadigan mahsulot oddiy tomorqaning 100 metr kvadrati beradigan mahsulotiga teng.

Yana o‘qing:  Har narsaning o‘z vaqti-soati bor...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: