Ayollarning miyasi erkaklarnikidan ko‘ra faolroq ishlaydi

AQSHlik olimlar 46034 ta tadqiqot ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi. Bu tadqiqotlarda miyaning ko‘rish tasavvuri usuli qo‘llanilgan edi. Tekshiruvdan so‘ng ayollarning miya faolligi erkaklarnikidan yuqoriroq ekani ma’lum bo‘ldi. Xususan, ayollarda diqqatni jamlash, kayfiyat va bezovtalik bilan bog‘liq qismlar anchagina faol. Erkaklarda esa o‘zaro muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qiladigan ko‘rish hududlari yaxshiroq ishlaydi.

Tadqiqotda 119 nafar sog‘lom odam va 26683 nafar turli xastaliklarga chalingan (masalan, shizofreniya, diqqat va faollik yetishmovchiligi) bemor ishtirok etdi. Tadqiqotchilar ayol va erkaklarning miyasidagi farqlarni izlashdi.

Mutaxassislar oddiy holatdagi hamda vazifa bajarish jarayonidagi 128 ta miya hududlari faolligiga baho berdi. Olimlar ayollarda o‘zini nazorat qilish, intuitsiya va boshqa funksiyalarni boshqaruvchi miya old qobig‘iga qonning quyilishi kuchli ekanligini ta’kidladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Insoniyat mahv etgan hayvonlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: