“VIKTOR” SALATI

Kerakli mahsulotlar: 3 dona pomidor, 500 gr. tovuq go‘shti, 150 gr. qattiq pishloq, 300 gr. qizil loviya, 50 gr. qotgan non, mayonez, salat bargi.

Tayyorlanishi: pomidorni mayda to‘g‘rang. To‘g‘ralgan pomidorni pishirilgan loviya va salat bargi bilan aralashtiring. Qizib turgan tovada to‘rtburchak shaklda kesilgan tovuq go‘shtini past olovda 20 daqiqa davomida qovuring. Pomidor va loviya aralashmasiga qovurilgan tovuq go‘shti va qotgan non bo‘laklarini solib, ta’bga ko‘ra tuz sepib yaxshilab aralashtiring. Yarim tayyor salatga keraklicha mayonez qo‘shing. Tayyor salatni likobchalarga solib dasturxonga tortishdan oldin ko‘kat shoxchalari bilan bezating.

Yoqimli ishtaha!

Yana o‘qing:  Hunarmand bola oydin kelajakka zamin yaratmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: