To‘rt ming yoshli atir

Bugungi kunda hayotimizni parfyumeriya vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Erkagu ayol kundalik turmush davomida har kuni ulardan foydalanadi. Ammo pardoz vositalari, ayniqsa, ayollar uchun alohida ahamiyatga ega. Turli xil yoshartiruvchi vositalar va yana ko‘plab shu kabi mahsulotlar ayollarning ajralmas hamrohiga aylangan. Ular orasida atir alohida ajralib turadi. Biron bir ayol zoti yo‘qki, bugungi kunda atirdan foydalanmasa. Turli iforlar asosida yaratilgan atirlarning hidi ham ayol go‘zalligiga ko‘rk qo‘shsa ajabmas. Atirdan foydalanish jarayonida hech kim uning tarixi bilan qiziqmasligi tabiiy. Xo‘sh, atir qanday yaratilgan? Qayerda paydo bo‘lgan?

Yaratilish tarixi

Arxeologlar tomonidan Kiprda olib borilgan qazishma ishlari natijasida topilgan parfyumeriya ustaxonasidan bundan to‘rt ming yil avval yaratilgan atir qoldiqlari borligi aniqlangan. Ushbu ustaxonada turli xil naychalar, atir o‘lchamini o‘lchaydigan uskunalar singari 60 xil ish anjomlari mavjud bo‘lgan.

Zamonaviy atirlar birinchi bo‘lib vengriyaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan. 1370 yilda Vengriya qirolichasi uchun ishlab chiqarilgan maxsus atir butun Yevropada Vengriya suvi sifatida mashhur bo‘lgan.

Parfyumeriya san’atining Italiyada gullab-yashnashi Renessans(uyg‘onish) davriga to‘g‘ri keldi. XVI asrda Italiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Fransiyaga Katerina Medichening shaxsiy attori Rene Florentiys tomonidan olib kelingan. Uning laboratoriyasi o‘ta maxfiy bo‘lib, atir yaratish sirlari hech kimga oshkor qilinmagan. Natijada Fransiya tez orada parfyumeriya mahsulotlari markaziga aylangan.

Hushbo‘y iforlarning tarkibi

Atirning o‘rtacha tarkibi o‘nbeshdan oltmishgacha va undan ziyod xushbo‘y moddalardan tarkib topgan. Xushbo‘y iforni tabiiy yo‘l bilan tayyorlash uchun o‘simliklar guli, bargi, mevasi, ildizidan foydalaniladi. Atirgul, koriandr va sandal yog‘i muattar hid taratuvchi moddalar hisoblanadi.

Xushbo‘y atirlar kimyoviy yo‘l bilan ham tayyorlanadi. Bunda sintetik moddalardan foydalaniladi. Eritmani tayyorlash uchun o‘ta yuqori miqdordagi (96 foizgacha) etil spirtidan foydalaniladi. Atirlarni tayyorlashda ranglar ham qo‘llaniladi. Lekin uning iforiga bu aslo o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi.

Kim qanday foydalanadi?

Atirning haddan tashqari ko‘p sepilishi natijasida uning kuchli hidi yoningizdagi odamni behuzur qilishi mumkin. Atirni ko‘p sepgan ayol o‘ziga bo‘lgan ishonch va dadillik haqida bildirganday bo‘ladi. Atirni yengilgina sepgan ayol esa o‘zining kamtarligi haqida ma’lum qiladi.

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015/12-13)

Atirni qancha sepish kerak?

Buni har doim siz bormoqchi bo‘lgan joy va muhit hal etadi. Katta xonalar uchun shunga mos ravishda ko‘proq atir kerak bo‘ladi. Asosan ochiq havoda kechadigan muloqotlar yoki issiq iqlimli mamlakatlarda atirni kam sepganingiz ma’qul. Albatta, ertalab kechqurunga qaraganda kamroq atir sepgan yaxshi. Chunki, kun boshlangan paytda turli allergiya qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ta’sirchan bo‘lamiz. Shu sababdan ortiqcha tavakkal qilishning hojati yo‘q.

Ovqatlanish mahalida ko‘p atir sepa ko‘rmang. Sababi atirning hidi stoldagi taomlarning hidini “bo‘g‘ib” qo‘yishi mumkin. Bu albatta yoqimsiz holat. Sport mashg‘ulotlari oldidan ham atir sepmagan ma’qul. Bunga sabab jismoniy mashqlar tufayli qon aylanishi tezlashib, atirning hidi kuchayib ketishidir. Sport va o‘tkir hidli atir ruhan bir-biriga mos kelmaydi.

So‘nggi yillarda dunyoning ko‘pgina korxonalari ishlab chiqargan parfyumeriya vositalari, shuningdek turli xil atirlar do‘kon peshtaxtalarini egallab olgan. Olimlarning tavsiyalariga ko‘ra, atir tanlayotganda uni biror bir buyumga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri tananing bir qismiga sepib ko‘rish, hidni aniqlashda ko‘proq samara beradi.

Atirlar orasida nihoyatda qimmatbaholari, butun dunyoga mashhurlari va hattoki Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilganlari ham mavjud. Masalan, Clive Christian’s Imperial Magesty atiri eng qimmatbaho atir sifatida bu kitobga kiritilgan. Ushbu atir atigi 10 dona flakonda chiqarilgan bo‘lib, flakonlar tilla chambarakli va 5 karatli brilliant bilan bezatilgan. Bebaho bu atir xaridorga “Bantli” avtomobilida yetkazib beriladi. Imperial Magestyning xushbo‘y isi 200 xil komponentlardan tashkil topgan.

Charos XUSHVAQTOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: