Fasl taomlari

Xalqimizda bayramlar ko‘p. Barchasining o‘ziga xos betakror jihatlari mavjud. Yaqinlashib kelayotgan Navro‘zi olam esa ular ichida alohida ahamiyatga ega. Zero, sharqona yangi yil sifatida nishonlanadigan mazkur bayram ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan, istiqlol sharofati bilan yana o‘z qadrini topgan milliy qadriyatlarimizdan biridir. Ayniqsa, halim va sumalak singari bayram taomlarining ta’mi o‘zgacha. Biz quyida Navro‘z dasturxoniga ba’zi taomlarni tavsiya qilamiz. Shubhasiz u ham kayfiyatingizni ko‘taradi, ham mehmonlaringizni lol qoldiradi.

AJOYIB LAVASH

Bugungi kunda vaqtni tejash maqsadida magazin peshtaxtalarida yarim tayyor mahsulotlarni topish mushkul emas, albatta. Shulardan biri lavash xamiri hisoblanadi. Navro‘z bayrami arafasida bahor dasturxoniga lavash xamiri hamda turli ko‘katlardan ajoyib vitaminlarga boy taom tayyorlang.

Tayyorlanishi: Buning uchun pishgan tovuq go‘shti va ko‘katlarni mayda to‘g‘rab idishga soling unga qaymoq, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq va bir dona tuxumni solib yaxshilab aralashtiring. Tayyor masalliqni 15X15sm qilib kesilgan lavash xamiri orasiga solib saryog‘da ustini qizartirib qovurib oling.

Zarur masalliqlar: ikki dona lavash xamiri, 200 gr qaynatilgan tovuq go‘shti, 5 osh qoshiq yog‘li smetana yoki qaymoq, 100 gr. pishloq, ko‘katlar, 1 dona tuxum, saryog‘, ta’bga ko‘ra tuz.

KARTOSHKALI RULET

Tayyorlanishi: Qirg‘ichdan chiqarilgan kartoshkaga un, tuxum, tuz, murch va smetana solib yaxshilab aralashtirib kartoshkali xamir tayyorlaysiz. So‘ngra tovada qizib turgan ozgina yog‘ga solib ingichka qilib ikki tarafini xuddi lavashdek qizartirib pishirib oling.

Zarur masalliqlar: Qiyma, piyoz, ziravorlar aralashtirilib yuqoridagi kartoshkali lavash o‘rtasiga solinadi va rulet shaklida o‘rab folga qog‘ozi solingan gaz pechi patnisiga teriladi. Endi ruletlar ustidan smetana surib, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi va uning usti yana yaxshilab folga qog‘ozi bilan yopilib 180 daraja haroratda 20 daqiqa davomida pishirib olinadi. Keyin rulet ustidagi folga qog‘ozi olinib 200 darajali haroratdagi gaz pechida yana 10-15 daqiqada pishirib olinadi. Taom pomidor, sarimsoqpiyoz va ko‘katlar aralashtirib tayyorlangan sous bilan dasturxonga tortiladi.

Rulet uchun oltita kattaroq kartoshka, ikkita tuxum, ikki osh qoshiq un, uch osh qoshiq smetana, o‘simlik yog‘i, ta’bga ko‘ra tuz, murch zarur bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Yosh fermerning ezgu niyatlari

Rulet ichiga solinadigan masalliqlar: tovuq go‘shtidan 300 gr. qiyma, bir dona mayda to‘g‘ralgan kichikroq piyoz, yarim bog‘ petrushka, bir bo‘lak sarimsoqpiyoz, qalampir, tuz, smetana, pishloq, yarim piyola suv.

MAVSUM SALATI

Bu salatni har bir faslda pishadigan sabzavot va ko‘katlar bilan tayyorlash mumkin. Masalan, bahor mavsumida sabzi, karam, pomidor, rediska, ko‘katlar va bulg‘or qalampirini somoncha shaklida to‘g‘raysiz, limon sharbati, ta’bga ko‘ra tuz, salat yog‘i quyib aralashtirgach unga yana marinadlangan makkajo‘xori donlari qo‘shiladi. Pomidordan “karvin” uslubida bezak uchun atirgul yasaladi. O‘rtacha kattalikdagi likopchaga tayyor bo‘lgan salatimizni qoshiq bilan joylashtirib, atrofiga atirgullarni joylaymiz.

Zarur masalliqlar: Sabzi, karam, pomidor, marinadlangan makkajo‘xori donlari, rediska, ko‘katlar, qalampir, limon, ta’bga ko‘ra tuz, salat yog‘i.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: