Tilimi tilni yorar

Qovun ona tabiatning ajoyib ne’matlaridan biri. Uni tabiiy glyukoza hamda darmondorilar xazinasi desa bo‘ladi. Mag‘zida 16-20 foiz qand, karotin, V9, S, R vitaminlari, A provitamini, ko‘p miqdorda foli kislotasi, temir, pektin moddalari, turli yog‘lar va mineral tuzlar mavjud.

Qovun ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Undagi foli kislotasi qon hosil qilishda ishtirok etadi. Ateroskleroz, kamqonlik, jigar, yurak, qon-tomir kasalliklarida uni iste’mol qilish juda foydalidir. U kremniyga boy. Olimlar organizmdagi fiziologik jarayonlar me’yorida kechishida bevosita kremniy moddasining o‘ziga xos o‘rni borligini ta’kidlashadi. Kremniy miya po‘stlog‘i, asab tizimi, ichak devorlari, me’da-ichak tizimi va barcha ichki a’zolar faoliyatini yaxshilaydi.

Qovunda boshqa poliz mahsulotlaridan farqli o‘laroq S vitamini ko‘proq. Undagi biriktiruvchi to‘qima ichaklar mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, organizmdan xolesterin moddasini chiqarib yuborishga sabab bo‘ladi.

Yana u chanqoqni bosib, asab tizimini tinchlantiradi. Och qoringa qovun yeyish tavsiya etilmaydi. Uni ovqat tanovul qilish orasida iste’mol qilish yaxshidir. Bundan tashqari u ajoyib gijja haydovchi vositadir. Bu albatta bolalar uchun foydali.

Quritilgan qovun po‘chog‘i choy kabi damlab ichilsa, peshob haydash xususiyatiga ega. Shuningdek, u buyraklarda paydo bo‘lgan toshlarni chiqarib yuboradi. Qadimdan bronxit, sil, bosh og‘rig‘ini davolashda va nafas yo‘llarini tozalashda undan tayyorlangan dori-darmonlar keng ishlatilgan. Qovun urug‘i oftob urishidan saqlaydi, sepkil va qazg‘oqni yo‘qotadi. Lekin qand kasalligi mavjud, shuningdek, ichburug‘ bo‘lgan hamda allergik kasalliklarga moyil bemorlar uni ehtiyot bo‘lib iste’mol qilishlari zarur.

Fazilat SA’DULLAYEVA,

1-respublika tibbiyot kolleji katta o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Kechki choy shirinligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: