Sut va shirinlikni qachon iste’mol qilgan ma’qul?

Yevropalik bolakaylarning ko‘pchiligi uxlashdan avval bir stakan iliq sut bilan shirin pechenye yeyishni yoqtiradi. Bu an’ana butun qit’a mamlakatlari bo‘ylab tarqalgan va so‘nggi paytlarda yurtimizda ham asta-sekin odat tusiga kirmoqda. Sut mahsulotlari bolalar uchun foydali, ammo…

Xorijlik olimlar bu borada tajriba o‘tkazishdi. Tajriba davomida bir nechta oilalarda bolalarning kundalik tartibi nazorat ostida bo‘ldi. Biroz vaqt o‘tgach esa tadqiqot natijalari ma’lum qilindi. Bular haqida batafsil bolalar lor shifokori shunday deydi:

– O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra bolalarning uxlashdan avval bir stakan iliq sut bilan pechenye yeyishi jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin ekan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, uyqu oldidan yeyilgan ovqat me’dada so‘rilishi qiyinlashib, ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir etadi. Shuningdek, yotishdan oldin yeyilgan shirin pechenye nafas yo‘llarini qichishtirib, kutilmagan tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa bolalarda tomoq qizarishi va ich qotishi kabi oqibatlarga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, bolalarda nafas yo‘li kasalligi paydo bo‘lish ehtimoli yuqori.

So‘nggi paytlarda lor shifokoriga murojaat etayotgan ota-onalarning ko‘pchilik qismida farzandining nafas yo‘llarini turli kasallik bezovta qilishi kuzatilmoqda. Buni esa yuqoridagi tajriba bilan isbotlash mumkin. Shirinlik va sut mahsulotlarini uxlashdan oldin iste’mol qilish bolalarda bir qancha kasalliklarga sabab bo‘layapti.

Haqiqatdan ham, g‘arb mamlakatlarida ota-onalarning ko‘pchiligi yuqoridagi belgilar bilan shifokorga ko‘p murojaat etishmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, bolani uxlashidan 2 soat avval ovqatlantirgan ma’qul. Iloji bo‘lsa, kechqurun shirinlik bermaslik kerak. Shunda nafas yo‘llarida shirinlik qoldiqlari turli muammolarni keltirib chiqarmaydi va me’dada ovqat turib qolmaydi.

Yana o‘qing:  Shifokorning ilk malhami – go‘zal xulqi, shirin kalomi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: