Sifatli o‘quv qurollari bolada ta’lim olishga qiziqishni oshiradi

Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida ko‘pchilik ota-onalar maktab yoshidagi farzandlari uchun o‘quv qurollari xarid qilish taraddudiga tushib qolishadi.

Bu paytda ular tanlovda adashmaslikka va farzandlariga eng sifatli o‘quv qurollarini xarid qilishga urinadi. Aksariyat hollarda esa ota-onalar sotuvchilar fikriga hamda ularning ko‘rsatmalariga tayanadi. Quyida ularga bu borada ayrim tavsiyalarni berib o‘tamiz.

Daftar – ushbu mahsulotni 1-sinfga chiqayotgan farzandingiz uchun olayotgan bo‘lsangiz, u holda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tavsiyalariga quloq tuting. Chunki, bu yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan yozuv daftarining ikki xil turi bor. Ko‘pincha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilar uchun chiziqlar qatori ingichka bo‘lgan daftarni tavsiya qilishadi. Bu kabi daftarlar endigina yozishni o‘rganayotgan bolalar husnixatining chiroyli bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, matematika daftarini ham kichkina kataklisini tanlagan ma’qul.

Yana bir gap. Daftar xarid qilishda uning muqovasida milliy mentalitetimizga mos suratlar borligiga e’tibor bering. Chunki, farzandlarimiz yot g‘oyalar yoki qahramonlarga ergashib emas, aksincha buyuk bobokalonlarimizga hurmat hissini tuygan holda voyaga yetishlari darkor.

Ruchka – ushbu o‘quv quroli o‘quvchilar uchun eng zaruri bo‘lib, farzandlarimiz undan butun dars davomida foydalanadi. Shu sabab ruchka tanlashda avvalo sifatga e’tibor bering. Qolaversa, ranggi oqib ketmasligiga alohida ahamiyat qarating. Bundan tashqari 1-sinfga borayotgan o‘quvchiga qo‘lini og‘ritib yubormasligi uchun ruchkaning qalinrog‘i, shuningdek, sterjenning uchi yumshoq harakatlanadiganidan xarid qiling.

Oddiy qalam – qalamning avvalo ekologik toza mahsulotdan tayyorlanganiga e’tibor berish kerak. Shuningdek, u to‘g‘ri shaklga ega bo‘lishi va tiniq chizishi lozim.

Rangli qalam – bilamizki, rangli qalamlarning turi ko‘p. Ko‘p hollarda ota-onalar ushbu mahsulotni narxi va ishlab chiqargan firmasiga qarab sotib oladi. Bu qaysidir ma’noda to‘g‘ri tanlov. Biroq, mashhur firma nomi ostida soxta mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan bo‘lib, buni esa aslidan ajrata olish zarur.

O‘chirg‘ich – rassomlar ushbu o‘quv qurolini qattiq yoki yumshoqligiga qarab xarid qilishadi. Chunki, o‘chirg‘ichdan foydalanish vaqtida u suratni tiniq o‘chirishi va qog‘oz sifatini buzishi kerak emas. Qattiq o‘chirg‘ich qog‘oz qatlamini qirib yuboradi. Yumshog‘i esa rasm izini qoldirmaydi, qog‘oz sifatiga putur yetkazmaydi.

Yana o‘qing:  “Vitaminlar xazinasi” salati

Yana bir tavsiya shuki, rasm darsi bilan bog‘liq o‘quv qurollarini sotib olayotganda o‘qituvchi bilan maslahatlashgan maqsadga muvofiq.

Rasm daftari – bu mahsulotni xarid qilishda ham sifatga alohida e’tibor berish lozim. Chunki, sifatsiz varaqqa chizilgan rasm ko‘ngildagidek chiqmaydi. Shuning uchun varaqlari tekis hamda oppoq bo‘lgan rasm daftarini xarid qiling.

Mayna HASANOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: