SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ (2014/37)

Choy tarkibidagi antioksidantlar saraton (rak) xastaligiga qarshi shifobaxsh ekanligi haqida eshitdim. Shu haqida ma’lumot bersangiz.

Salima SHERNAZAROVA,

Buxoro viloyati

Ba’zan kun davomida 2-3 marta damlangan choy ustiga yana quruq choy damlab ichamiz. Qora choyni damladingizmi, uni issiqligida iching. Yoki bir necha soat davomida iliq yoki sovuq holda ichish mumkin. Aks holda bir-ikki kundan so‘ng ichsangiz uning foydali xususiyatlari yo‘qoladi. Xitoyliklar fikriga ko‘ra bir-ikki kun turib qolgan eski qora choyning salbiy ta’siri ilon zahri ta’siri bilan teng ekan.

Har qanday choyning tarkibida antioksidantlar – saratonning oldini oluvchi moddalar mavjud. Ayniqsa, ko‘k choy shifobaxsh hisoblanadi. Ko‘k choy damlangach oradan 20 daqiqa o‘tib ichish zarur. Chunki, shu vaqt mobaynida choy tarkibidagi antioksidantlar miqdori yuqori bo‘ladi. Keyin esa asta-sekin uning miqdori pasayib ketadi. Ko‘k choyning shamasi ustiga quruq choy solib, bir necha soat davomida ichish mumkin. Ammo qora choy shamasi ustiga bir necha marta quruq choy solib ishlatish tavsiya etilmaydi.


Bir necha yillardan beri meni bosh og‘rig‘i qiynaydi. Ayniqsa, og‘riq qulog‘imga kuchli ta’sir etadi. Og‘riqni qoldirish uchun turli dori vositalaridan foydalanaman. Ammo samarasi sezilmayapti. Og‘riqdan qanday qutilsam bo‘ladi?

Qizlarxon SALOMOVA,

Sirdaryo viloyati

Bosh og‘rig‘ining sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin sohasidagi osteoxondroz, yuz sohasida joylashgan uch shoxli nervning patologiyasi (nuqsoni), bosh miyada turli o‘smalar(xavfli yoki xavfsiz)ning paydo bo‘lishi, qon bosimining oshishi yoki tushib ketishi sababli ham bosh og‘rishi mumkin. Yana yiqilib, miya chayqalsa yoki shikastlansa ham odamning boshi og‘riydi.

Dastlab, albatta, shifokor-mutaxassis(nevropatolog)ga murojaat etish zarur. Shifokor bosh miyani magnit rezonansli tomograf (MRT) tibbiy uskunasida tekshiruvidan o‘tkazishni tavsiya etadi. Shuningdek, “Dopler” uskunasi yordamida neyroxirurg bosh miya qon tomirlari holatini o‘rganadi. Bemor har tomonlama to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tmaguncha unga aniq tashxis qo‘yish mumkin emas.

Dilorom KENJAYEVA,

oliy toifali shifokor-neonatolog

Yana o‘qing:  FOND faoliyatidan (2014/37)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: