Qishda kichkintoylar qanday ovqatlanishi kerak?

Fevral oyi qish oxirlaydi. Ammo, hali uning sovuq zabti pasaygani yo‘q. Ertalab maktabga va bog‘chaga shoshayotgan kichkintoylar ba’zan nonushta qilmay ko‘chaga otlanishadi.

Kattalarning shirinsuxanlik bilan “bolajonim, issiq-issiq sutingni ichib ol “yoki” asalli choy bilan shirin kulchangni tamaddi qilib ket” degan so‘zlariga ba’zi tengdoshlaringiz injiqlik bilan javob berishadi. Holbuki, “Bo‘sh qop tik turmaydi” deydi dono xalqimiz. To‘g‘ri, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi opangiz va uning yordamchisi sizga ertalabki nonushtani berishadi. Ammo, uyda onajoningiz siz uchun tayyorlab qo‘ygan nonushta undan ham mazaliroq ekanligini unutmang, aziz bolajonlar. Xo‘sh, kichik maktab yoshidagi yoki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ertalab och qoringa maktabga borishsa ularning qulog‘iga dars kiradimi? Yo‘q, albatta. Behol o‘quvchi darsning tugashini intiqliq bilan kutadi. Maktab bufetida ham yana darsga qo‘ng‘iroq chalinib qoladi, degan hadikda shosha-pisha ovqatlanadi. Yaxshi chaynalmagan luqma esa me’da shilliq qavatiga zararli ta’sir etadi. Ayrim bolalar sutni umuman xush ko‘rishmaydi. Chunki ularning me’dasida ushbu mahsulot tarkibidagi laktozani parchalovchi ferment bo‘lmaydi. Shu sababli bu kabi kichkintoylarga majburlab sut ichirish mumkin emas. Yorma donli mahsulotlar (tariq, suli (perlovka) va grechixani ular uchun suvda pishirib unga bir oz tuz, shakar va sariyog‘ solib berish kerak. Bu faslda bolalar hamisha qorni to‘q va boshdan-oyoq faslga mos holda kiyinib yursalar gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)larga chalinmaydi. Turli darmondorilarga boy meva-sabzavotlarni iste’mol qilish va navbati bilan quyuq va suyuq issiq-issiq taomlarni iste’mol qilish immunitetni ko‘taradi. Sovuq kunda muzqaymoq yeyish va turli bo‘yoqli, sun’iy yaxna ichimliklarni ichish organizmning ko‘p issiqlik yo‘qotishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib shamollashdan tortib, tomoq og‘rig‘iyu, quloq og‘rig‘igacha bo‘lgan dardni orttirib olish hech gap emas. Unutmang, bolajonlar siz sog‘lom bo‘lsangizgina ota-onangizning chehrasidan quvonch arimaydi.

 

Gulchehra ShIRINOVA

Yana o‘qing:  “O‘tkan kunlar” endi 18+ bo‘ladimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: