Nonushtaga sut ichish tavsiya etiladi

Kanadalik tadqiqotchi, professor Duglas Gofning qayd etishicha sut ikkinchi tipdagi qandli diabet va vazn oshishini oldini olishda yaxshi samara beradi.

Olimlarning aniqlashlaricha sut tarkibidagi proteinlar ovqat hazm qilish jarayonini sekinlashtiruvchi va ochlik hissini pasaytiruvchi gormonlar hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu mahsulot qon tarkibida qand miqdorini past darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Sut tarkibida qancha protein ko‘p bo‘lsa, uglevodlarga boy nonushtadan keyin qand miqdori shuncha kam bo‘ladi.

Kanadalik tadqiqotchilar ayni vaqtda yog‘li sut, yogurt, pishloq va sariyog‘ insult xavfini 42 foizga kamaytirishini ishonch bilan aytmoqda. Shuningdek, sut, yogurt va pishloqda qon bosimini pasaytiruvchi moddalar va yallig‘lanishni davolovchi yog‘ kislotalari borligi ta’kidlanmoqda.

Yana o‘qing:  Ehtiyotkorlik – xavfsizlik garovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: