Limon xalq tabobatida

Xalq tabobatida limonni inson tanasidagi qurtlarni haydash uchun ham qo‘llashadi. Uning negizida tayyorlangan turli dori preparatlari: nafas yo‘llarining shamollashi, oshqozon, yurak-qon tomir tizimlaridagi kasalliklar, sil, vitamin tanqisligi, singa, og‘iz bo‘shlig‘i shamollashida, zamburug‘, revmatizm, bod, podagra, turli bo‘g‘in kasalliklarini davolashda foydalanib kelinmoqda. 93 Xalq tabobatida limonning barcha bo‘lagidan: sedra, po‘sti, yumshoq eti, sharbati va efir moyi keng qo‘llanadi. Hatto uning urug‘i ham shifobaxshdir. S vitaminiga boy limon sharbati foydalanilishi jihatidan barcha meva sharbatlaridan ustun turadi. Faqat uni tayyorlanishi bilan iste’mol qilish darkor, aks holda, ochiq havo ta’sirida S vitamini tez parchalanib ketadi. Olimlarning chuqur tekshirishlari natijasida 100 g yetilgan limon mevasida 50–65, ko‘kida 83, meva po‘stida 163, yosh limon ko‘chatlarining yangi novdalarida 880 mg S vitamini mavjudligi aniqlangan. Shuning uchun uning barcha bo‘lagi tanovul qilishga yaroqli va foydalidir. Limon po‘sti va sidrasida uning eng ustki mevasiga nisbatan 3 baravar S vitamini ko‘p. Bu esa xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash va oldini olishda qo‘l keladi. Limondan olinadigan moy ham ko‘plab kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlatiladi. Ayniqsa, tana quvvatini ko‘tarishda katta yordam beradi. Shuningdek, turli pishiriqlarga qo‘shiladigan bebaho qo‘shimcha hamdir. Sitrus mevalarining hidi o‘tkir va yoqimlidir. Bunga sabab limon o‘simligi yaprog‘i va meva po‘stida ko‘plab efir moylari mavjud. Olimlarning ta’kidlashlaricha, inson tanasining S darmondorisiga bo‘lgan bir sutkalik ehtiyoji kattalarda 20–50 mg gacha bo‘ladi, bolalarda esa 25 mg atrofida. Sitrus mevalarining pazandachilikda qo‘llanishi

S vitaminiga boy limonli choyni hamma sevib iste’mol qiladi. Chunki u shamollash yoki uning oldini olishda katta yordam beradi. Limonni qayta ishlash natijasida murabbo, turli shirinliklar, konfetlar, konservalashda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar, essensiyalar tayyorlanadi. Meva va poliz mahsulotlaridan tayyorlanadigan turli salatlarning xushta’mligini orttirish uchun ham limon suvidan keng foydalaniladi. Baliq mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlarga limon bo‘laklari nafaqat chiroy, balki o‘zgacha ta’m ham baxsh etadi.

Baliq tozalagan pichoqni limonning parrak qilib kesilgan bir bo‘lagi bilan artsangiz, baliq hididan asar ham qolmaydi. Tovuq, Limon mevasining dorivor xususiyatlari 94 Limonchilikning o‘ziga xos sinoatlari o‘rdak, g‘oz go‘shtlarini butunligicha pishirganda, ichiga 1 dona limon solsangiz, taomingiz yumshoq, yanada mazali bo‘lib chiqadi. Sitrus mevalarining kosmetikada qo‘llanishi Limonning siqib olingan tabiiy sharbati bilan oziqlantirilgan yuz terisi tiniqlashib, jozibali bo‘ladi. Shuning uchun yuz, bo‘yin, qo‘l, oyoq terilarini, ayniqsa, teri yog‘li bo‘lsa vaqti-vaqti bilan limon suviga botirilgan paxta bilan artib turish qora dog‘larning yo‘qolishiga, teri tarangligi ortib, yosharishiga sharoit yaratadi. Albatta, bunda sabr-toqat va muntazamlilik talab qilinadi.

Yana o‘qing:  O‘yinchoqlar olamiga sayohat

Teri quruq bo‘lsa, albatta, limon suvi bilan artgandan so‘ng, teringizga mos yog‘li kremlardan birini surish kerak bo‘ladi. Sochingiz jilolanib, chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lay desangiz, boshingizni yuvgandan so‘ng 5 l suvga 1 osh qoshiq limon suvini aralashtirib, hosil bo‘lgan aralashmaga sochingizni chaysangiz, bas. Sochlaringiz yaltirab, ipakdek mayin bo‘ladi va bir husningizga o‘n husn qo‘shiladi. Yuz terisi yog‘li bo‘lganlar uchun quyidagi niqob juda yaxshi samara beradi. Bunda bitta tuxumni chaqib, oqini ajratib alohida idishchaga solasiz. Unga 10–15 tomchi kamforli spirt va bir bo‘lak limon suvini siqib aralashtirasiz. Hosil bo‘lgan niqob yuzga 10–15 minut davomida qo‘yiladi va iliq suvda yuvib tashlanadi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: