KARAMLI PIROG

Zarur mahsulotlar: 500 gr karam, yarim piyola suv, 1 stakan un, 1 stakan smetana yoki qatiq, 2 dona tuxum, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich (razri’xlitel), 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi: Karamni mayda somoncha shaklida to‘g‘rab, yog‘ solingan tovada qovurib oling. Ta’bga ko‘ra tuz, ziravorlar va suv solib, dimlang. Un, qatiq, tuxum, smetana, xamiryumshatgich va tuzni aralashtiring. Masalliqlarga sovutilgan karamni qo‘shing. Pishiriq qolipi yoki tovaning tagini yog‘lab, karamli xamirni soling. Pirog qizdirilgan gaz pechda 200 daraja haroratda pishiriladi.

GULOYIM

Yana o‘qing:  Jo‘xorining tillarang donachalari yoxud uning foydali xususiyatlari haqida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: